"Everton" "Manchester Siti" futbolchisini sotib olish sharti bilan ijaraga oladi

  • 11 avgust, 17:02
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hujumkor yarim himoyachi Jek Grilish "Manchester Siti"dan "Everton"ga o‘tmoqda. Dushanba kuni futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak, shundan so‘ng tomonlar shartnoma imzolashadi va buni rasman e’lon qilinadi.

Tecno

The Athletic xabariga ko‘ra, "Everton" 29 yoshli Grilishni sotib olish huquqi bilan ijaraga olgan. "Irislar" futbolchini kelasi yozda taxminan 50 million funtga (58 million evro atrofida) sotib olishlari mumkin.

Angliya chempionatining navbatdagi birinchi turida "Everton" safarda "Lids"ga qarshi bahs olib boradi. O‘yin 18 avgust, dushanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!