Evgeniy Popixin bugungi mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?

  • 11 dekabr, 2019, 01:57
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

Toshkentning "Humo" jamoasi o‘z maydonida Moskvaning "Zvezda" klubini qabul qildi. Uchrashuv asosiy vaqti va overtaymida kuchlar teng keldi - 2:2.

Tecno

G‘olibni aniqlash uchun bullitlar seriyasiga murojaat etildi. "Xokkey lotereyasi"da esa omad mehmonlarga kulib boqdi. Bellashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida toshkentliklar ustozi Evgeniy Popixin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Birinchi davrda raqib bizni mag‘lub etdi. Ular tezroq va faolroq harakat qilishdi. Ikkinchi davrda esa o‘yin surati tenglashdi, shunga qaramasdan raqibda qarshi hujumda ikkita qulay imkoniyat yuzaga keldi. Uchinchi davrda biz o‘yinimizga biroz qo‘shdik, bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirdik. Yakunda hisob tenglashdi - 2:2. Smiryaginning ajoyib harakatlari bizni o‘yinda qoldirdi.

Bullitlar haqida gapiradigan bo‘lsam, albatta tajribali xokkeychilar yordamga kelishlari kerak edi. Voronin birinchi chiqib, gol kiritdi, qolgan esa... Buning ustida ishlash lozim. Umuman olganda uchinchi davrda iroda namoyish eta oldik. 

Biz bugun muzda yaxshi harakatlanadigan, doimo pressing qiladigan jamoaga qarshi o‘ynadik. Yosh yigitlarning turnir jadvalida yuqori o‘rindan joy olishi bejiz emas. Biz uchun esa har bir ochko oltinga teng.

"Humo" o‘yin ritmini yo‘qotib qo‘ydimi? Jamoamdagilar kasal edi. Artyom Voronin ikki hafta o‘ynamadi. Tasavvur qilib ko‘ring, u hozir 3 ta bahsda ishtirok etdi. Xitoyga safarimiz davomida Grigorenko, Yatsenko va Anisinlar tana harorati ko‘tarilgani bois bir hafta jamoaga yordam bera olishmadi. Balki bu narsa bo‘lmaganda xokkeychilar yaxshi formada bo‘lisharmidi. Muhimi xarakter ko‘rsata olish. Bugun darvozabonimiz bizni eng kerakli vaziyatlarda qutqardi", - dedi rossiyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!