Evloev: "Men har safar oktagonga kirganimda u yig‘laydi"

  • 24 yanvar, 2024, 14:14
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

 Yarim engil vazn toifasida UFC jangchisi Movsar Evloev yaqindagi g‘alabasidan so‘ng nima qilishi haqida gapirib berdi.

“Ertaga Floridaga boraman, keyin ko‘ramiz. Balki yuzimdagi jarohatlarni davolash uchun biroz tanaffus qilarman. So‘ngra, albatta, oilamni ko‘rish uchun Ingushetiyaga borishim kerak. Onam meni deyarli ikki oydan beri kutmoqda. Men har safar oktagonga kirganimda u yig‘lab yuboradi, buni aniq bilaman”, — dedi jangchi.

Eslatib o‘tamiz, "UFC 297" musobaqasida Evloev(18-0) Arnold Allen(19-3) ustidan g‘alaba qozongan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!