"Evro-2020". Irodali g‘alabaga erishgan Belgiya pley-offga chiqdi

  • 17 iyun, 2021, 22:55
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirgina Evropa chempionati "B" guruhi 2-turidan o‘rin olgan Daniya hamda Belgiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi. Kopengagen shahridagi "Parken" stadionida kechgan uchrashuvda hisobni mezbonlar ochdi.

Tecno

Yusuf Poulsen 2-daqiqada Kurtua qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi. Ikkinchi bo‘limda Roberto Martines bir qator etakchi futbolchilarni zaxiradan maydonga tushirdi. 55-daqiqada aynan zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan De Bryuynening uzatmasidan so‘ng Torgan Azar hisobni tenglashtirdi.

70-daqiqada esa Kevenning o‘zi raqib darvozasini ishg‘ol qildi va jamoasiga irodali g‘alabani taqdim etdi. Shu tariqa, "qizil iblislar" hisobidagi ochkolar soni 6 taga etdi va jamoa muddatidan oldin pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Guruhdagi har ikki bahsni boy bergan Daniya esa 0 ochko bilan 4-o‘rinni egallab turibdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ziyodulla Aka
17/06/2021 22:53
Данияга офарин шундай уйнаб енгилган жамоага хеч кандай эьтироз булиш мумкин эмас. Абрамов жамоаси сингари олма пиш огзимга туш деган хаёлпарастлар эмас улар.
Ziyodulla Aka
17/06/2021 22:53
Данияга офарин шундай уйнаб енгилган жамоага хеч кандай эьтироз булиш мумкин эмас. Абрамов жамоаси сингари олма пиш огзимга туш деган хаёлпарастлар эмас улар.