"Evro-2020" mezbonlari soni qisqarishi kutilmoqda
"Evro-2020” geografiyasi koronavirus pandemiyasi tufayli o‘zgarib ketishi mumkin. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra, UEFA musobaqani qabul qiluvchi mezbon shaharlar sonini qisqartirishi mumkin. Rejaga ko‘ra Evropa chempionati 12 ta shaharda o‘tkazilishi kerak. Biroq, Rim va Bilbao shaharlari Evropa chempionatini qabul qilishga tayyor bo‘lishi shubha ostiga olinmoqda. Chunki, Italiya va Ispaniya koronavirusdan eng ko‘p zarar ko‘rayotgan mamlakatlar hisoblanishadi.
Eslatib o‘tish lozimki, UEFA aynan koronavirus tufayli “Evro-2020”ni kelgusi yilga qoldirishga qaror qilgan edi.



Fikrlar