
"Evro-2020". Shveytsariyani yirik hisobda mag‘lub etgan Italiya pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Hozirgina Evropa chempionati "A" guruhi 2-turidan o‘rin olgan Italiya hamda Shveytsariya" terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi. Rim shahridagi "Olimpiko" stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.
26-daqiqada Berardining uzatmasidan so‘ng Lokatelli raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni ochdi. 52-daqiqada esa Manuel jarima maydoni tashqarisidan Yan Zommer qo‘riqlayotgan darvozaga ikkinchi golni kiritdi.
O‘yin so‘nggida esa Chiro Immobile gol kiritib, hisobni yirik ko‘rinish olishini ta’minladi. Shu tariqa, 2 bahsda 6 ochko jamg‘argan italiyaliklar muddatidan avval pley-off yo‘llanmasiga ega chiqishdi.
Fikrlar