"Evro-2020"ga oid muhim xabar!

  • 06.04.2021 08:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Evro-2020” musobaqasining barcha mezbon shaharlari turnir davomida muxlislarning stadionlarga kirishiga ruxsat berishga tayyor, deb xabar bermoqda Daily Mail.

Manbaga ko‘ra, stadionlarni to‘ldirish darajasi turli shaharlarda turlicha bo‘ladi. Ularning ba’zilar hali ham stadion sig‘imining 10 foizi miqdorida muxlislarni qabul qilishi mumkin, ammo bunday ko‘rsatkichlar UEFA hamda tashkilot prezidenti Aleksandr Cheferin umuman qanoatlantirmaydi. Shu sababli ayni paytda UEFA va mezbon shaharlar tashkilotchilari o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda.

Hozircha Dublin eng muammoli shahar bo‘lib turibdi. Shu bilan birga, rossiyalik tashkilotchilarining fikriga ko‘ra, Sankt-Peterburg, shubhasiz, musobaqa o‘yinlariga mezbonlik qilishi mumkin. Tashkiliy qo‘mita "Gazprom-Arena"ni maksimal 50 foizgacha to‘ldirilishni rejalashtirmoqda.

“Evro-2020” musobaqasi joriy yilning 11 iyunidan 11 iyuliga qadar bo‘lib o‘tadi. O‘yinlar 11 ta mamlakatdagi 12 ta stadionda o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!