Evro-2020ni Rossiyada o‘tkazishni taklif qilishmoqda
Italiyalik agent Marko Trabukki koronavirus epidemiyasi sabab Evro-2020 musobaqasini Rossiyada o‘tkazishni taklif qildi.
“Koronavirus sabab Shveytsariya va Italiyada 2019/20 yilgi mavsum to‘xtatildi. Evropa ittifoqining ko‘plab davlatlari UEFAga o‘z xududida Evro-2020 o‘yinlarini o‘tkazishni ta’qiqlab qo‘yadi deb o‘ylayman. Agar Rossiyada sport musobaqalarini muxlislarsiz o‘tkazish ta’qiqlanmasa, nega endi Evro-2020 ni Rossiyada o‘tkazmaslik kerak? Xorijlik muxlislarsiz”, - deydi Trabukki.
Eslatib o‘tamiz, Evro-2020 o‘yinlari joriy yilning 12 iyunidan 12 iyuligacha Evropaning 12 ta davlatida bo‘lib o‘tishi belgilangan. Ular orasida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri ham bor.

Fikrlar