“Evro-2024”: Legionerimiz qaysi terma jamoa Evropa chempioni bo‘lishini aytdi

  • 1 iyul, 2024, 21:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya maydonlarida davom etayotgan Evropa chempionatida kuchli terma jamoalar saralanib bormoqda.

“Evro-2024” o‘yinlarini boshqa mamlakatlardagi futbol jamoatchiligi ham katta qiziqish bilan kuzatib boryapti.

Rossiya Premer-ligasida ishtirok etayotgan “Rubin” klubi o‘z futbolchilari o‘rtasida qaysi terma jamoa chempion bo‘lishi mumkinligi haqida so‘rov o‘tkazdi.

Unga ko‘ra, “Rubin”ning olti nafar futbolchisi qit’a chempionatida ispanlarning qo‘li baland kelishini kutmoqda.

Musobaqa mezboni – Germaniyaga  to‘rt kishi ovoz berdi. Futbolchilar orasida Angliya, Frantsiya va hatto Gruziyaning chempion bo‘lishiga ishonayotganlar bor ekan.

So‘rovda qatnashgan legionerimiz Umarali Rahmonaliev birdaniga ikkita terma jamoaga ovoz berdi. 20 yoshli futbolchimiz Evropa chempionati g‘olibligi Ispaniya yoki Germaniya terma jamoasiga nasib qilishiga ishonmoqda.

“Rubin” o‘yinchilarining tanlovi quyidagicha bo‘ldi:

Egor Teslenko – Ispaniya

Soltmurad Bakaev – Gruziya

Valentin Vada – Angliya, Germaniya yoki Ispaniya

Oleg Ivanov – Germaniya

Marat Apshatsev – Ispaniya

Aleksandr Lomovitskiy – Ispaniya

Bogdan Yochich – Germaniya

Ugochukvu Ivu – Frantsiya

Umarali Rahmonaliev – Germaniya yoki Ispaniya

Vitaliy Lisakovich – Ispaniya

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!