"Evro-2024". Mag‘lubit nimaligini bilmay kelayotganlar to‘qnashuvi

  • 5 iyul, 2024, 09:34
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun "Evro-2024"da chorak final uchrashuvlari boshlanadi. Ilk bahsdanoq biz qaysidir turnir favoriti bilan xayrlashishimiz kerak bo‘ladi. Yorqin o‘yinlar bilan esda qolayotgan Ispaniya va Germaniya yarim final uchun jang qilishadi va mag‘lub turnirdagi yurishini to‘xtatadi. 

Ispaniya

Chempionat boshlanishidan oldin bu jamoaning kuchi barcha uchun qiziq edi. Sababi, yil davomida katta uchrashuvlarda deyarli ishtirok etmagan (Braziliyadan tashqari) ispanlar saralashda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, Germaniyaga etib keldi. Asosiy raqobatchi Shotlandiyaning darajasi pastlaganini hisobga olsak, bu natija bilan "qizil furiya" ko‘pchilikni qo‘rqita olmasligi mumkin edi. Ammo guruh bosqichida De la Fuente shogirdlari 3 ta o‘yinda ham mag‘lubiyatga uchrash naryoqda tursin, bitta ham gol o‘tkazmagani Ispaniyani favoritlar qatoriga kiritishimiz kerakligini anglatdi. Albaniya, Xorvatiya va Italiyaga imkoniyat qoldirmagan jamoa pley-offda Gruziyani ayab o‘tirgani yo‘q. 

Spain 1-0 Italy: Calafiori own goal settles heavyweight contest as Roja win  Group B | UEFA EURO 2024 | UEFA.com

Germaniya

Germaniya o‘z vatanida bo‘lib o‘tadigan turnir uchun tayyorgarlikni ancha oldin boshlagandi. Jamoa shu sababli Xans-Diter Flikni o‘z lavozimidan ozod qilib, o‘rniga Yulian Nagelsmanni olib keldi. Frantsiya bilan bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvidan keyin mutaxassisga bo‘lgan ishonch ortib, u bilan tuzilgan shartnomasi uzaytirildi. "Bavariya"ning sobiq ustozi vaqtinchalik terma jamoada ishlayotgan edi. 

Ochilish o‘yinidanoq Germaniya qanaqa kuchga ega ekanligini ko‘rsatib qo‘ydi. Keyingi turlarda ham mag‘lubiyatga uchramay, pley-offga yo‘l olgan nemislar Daniya ustidan zafar quchib, chorak finalga etib kelmoqda.

Germany hammer 10-man Scotland to launch Euro 2024 - VnExpress International

 

Taxminiy tarkiblar:

Ispaniya: Simon, Karvaxal, Le Norman, Lyaport, Kukurelya, Pedri, Rodri, Ruis, Yamal, Uilyams va Morata

Germaniya: Noyer, Kimmix. Ryudiger, Ta, Raum, Andrix, Kroos, Musiala, Virts, Gyundogan va Xaverts.  

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!