"Evro-2024" saralash. Belgiya Ozarbayjonni ayab o‘tirmadi. Lukakudan poker
"Evro-2024" saralashidan o‘rin olgan Belgiya - Ozarbayjon bahsi mezbonlarning 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
O‘yinda Lukaku poker qilishga muvaffaq bo‘ldi. 90-daqiqada esa Trossard ham o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, Belgiya saralashni "F" guruh peshqadami sifatida yakunladi.



Fikrlar