
Evropa Chempionati yana qoldirilishi mumkin
"Evro-2020" koronavirus tufayli keyingi yilga qoldirilgan edi. Ammo hamon ushbu chempionatning o‘z vaqtida o‘tkazilishi so‘roq ostida qolmoqda.
"Umid qilamanki, turnir o‘tkaziladi. Biroq virus bilan bog‘liq vaziyatni, oldindan hech nima aytib bo‘lmasligini hisobga olgan holda, biror narsaga kafolat berish qiyin. Agar to‘liq xavfsizlikni kafolatlay olmasak, muxlislar ham bu musobaqa bo‘lib o‘tishiga qarshilik qilishi mumkin. Ular stadionga kirishni istaydi.
Kelayotgan qishda biz yana virusga duch kelamiz. Avvalambor, qaror qabul qilishda insonlar sog‘ligi eng muhim masala hisoblanadi", deya "The Sun" nashri Buyuk Britaniyaning madaniyat, OAV hamda sport vaziri Oliver Dauden so‘zlarini keltirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Londandagi "Uembli" stadionida Evropa Chempionatining Angliya milliy terma jamoasi ishtirokidagi guruh bahslari, nimchorak, yarim final hamda hal qiluvchi o‘yini o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Fikrlar