
Evropa ligasi. "Roma" va boshqa jamolarning pley-off bosqichidagi raqiblari ma’lum
UEFA qarorgohida Evropa ligasining pley-off bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Ushbu bosqichga umumiy bosqichda 9-o‘rindan 24-o‘ringacha bo‘lgan jamoalar yo‘l oldi.
Qur’a natijalarini quyida keltiramiz:
"Tvente" – "Budyo-Glimt";
"Fenerbaxche" – "Anderlext";
"Union Sent-Jilluaz" – "Ayaks";
PAOK – FKSB;
AZ – "Galatasaray";
"Mityulland" – "Real Sosedad";
"Ferentsvarosh" – "Viktoriya» Plzen";
"Portu" – "Roma".
Evropa ligasi pley-off bosqichining birinchi o‘yinlari 13 fevralda, javob uchrashuvlari esa 20 fevralda bo‘lib o‘tadi.
Ta’kidlash joizki, Evropa ligasi umumiy bosqichining eng yaxshi sakkizta jamoasi turnirning 1/8 finaliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma oldi.
Fikrlar