Evropa normal hayotga qachon qaytadi? Rossiyalik shifokor bunga javob berdi
Rossiya terma jamoasi bosh shifokori Eduard Bezuglov koronavirus pandemiyasi qachon tugashi va Evropada qachondan normal hayot boshlanishi mumkinligini aytdi.
“Koronavirus bilan bog‘liq barcha vaziyat may oyi oxiri va iyunning boshlarida aniq tugaydi. Iyul oyidan boshlab hammasi yaxshi bo‘lib ketadi deb o‘ylayman. Shundan so‘ng karantinni tugatishadi va parvozlarga ruhsat berishadi. Ammo, hozir hammasi shunchaki oddiy emasligi aniq”, - deydi Bezuglov.
Ma’lumot uchun, shu kungacha sayyoramizda ushbu virusni 380 mingdan ortiq inson yuqtirib oldi. Shularning 16,5 mingdan ortig‘i vafot etdi.

Fikrlar