Yevropada “Barsa”ga faqat bir klub qarshi tura oladi

  • 23.09.2026 10:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona»ning sobiq futbolchisi va murabbiyi Karles Reshak jamoaning joriy mavsumdagi ishtirokini yuqori baholadi.

- Bu ortiqcha optimizm emas. Haqiqatan ham hamma narsa yaxshi ishlayapti. Ammo obektiv va xolis qarasak, hozir “Barsa” Ispaniyaning boshqa jamoalariga nisbatan boshqa darajada.

Hozircha “Barsa”ga haqiqiy raqobat qila oladigan yagona jamoa – PSJ. Qolgan klublarning imkoniyati yo‘q. Ular boshqa sur’atda o‘ynaydi, ko‘p yuguradi va juda qattiq mehnat qiladi. Bu futbolchilarning barchasi o‘z salohiyatiga ishonadi. Futbolchi tajribali veteran ga aylanganda mag‘lubiyatdan qo‘rqish paydo bo‘lishi mumkin, yoshlikda esa hamma narsa oson kechadi.

“Barsa”da hozir hamma narsa joyida. Ular “Real Madrid”dan olti ochko oldinda. Terma jamoalar o‘yinlari uchun tanaffusdan keyin esa o‘z maydonida “Madrid”ga qarshi o‘ynaydi. Agar ochkolar farqi sakkiz yoki to‘qqiztaga etsa, vaziyat ular uchun tashvishli tus ola boshlaydi, - deya Reshakning so‘zlarini Mundo Deportivo keltirdi.

«Barselona» joriy mavsumda o‘tkazgan sakkizta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozongan. Bu o‘yinlarda jamoa 36 ta gol urgan va 8 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!