"Eyr Fors" - "Traktor" o‘yinidan keyin "Paxtakor"da peshqadamga aylanish imkoniyati yuzaga keldi

  • 20 aprel, 2021, 22:49
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Chempionlar Ligasidagi vakilimiz "Paxtakor" o‘rin olgan "V" guruhida 3-tudan o‘rin olgan "Eyr Fors" - "Traktor" uchrashuvi o‘z yakuniga etdi. Unda tomonlar 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi.

O‘yin nisbatan teng kurashlar ostida kechdi. Nominal mehmonlar kichik ustunlikka ega bo‘lsa-da, buni hisobga ko‘chira olmadi.

Shu tariqa, har uchchala o‘yinda durang qayd etgan "Traktor" turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi. 2 ochko to‘plagan "Eyr Fors" 4-pog‘onani band etgan. Bugun "Sharja"ga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonish orqali "sherlar" peshqadamlikni qo‘lga olishi mumkin. Vakillarimiz hisobida 2 ochko mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!