Fabritsio Romano: Kevin De Bryuyne yangi jamoaga o‘tdi!

  • 11 iyun, 13:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti”da o‘n yil davomida to‘p tepgan Kevin de Bryuyne faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishga qaror qildi.

Tecno

Insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, Italiyaning amaldagi chempioni “Napoli” belgiyalik pleymeyker bilan hamkorlik bo‘yicha bo‘yicha muzokarani muvaffaqiyatli yakunladi.

Manbaga ko‘ra, yaqinda 34 yoshga to‘ladigan Kevin de Bryuyne tez kunlarda yangi jamoasi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va transferni rasmiylashtiradi.

Bu hamkorlik ikki yilga mo‘ljallangani aytilmoqda.

Italiya matbuoti mashhur yulduz “Napoli”dan bir mavsum uchun 5 million evro miqdorida maosh olishi belgilab qo‘yildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!