Fabrizio Romano "Real"ning Olise transferi bo‘yicha yakuniy qarorini e’lon qildi

  • 25.07.2026 16:49
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real Madrid» myunxenlik «Bavariya»ning vingeri Maykl Olise transferi bo‘yicha rejalarini to‘xtatdi. Bu haqida futbol bo‘yicha insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Olise hali ham klub prezidenti Florentino Peres uchun orzu qilinadigan futbolchi hisoblanadi. Madrid jamoasi bir necha vaqtdan buyon fransuz vingeri atrofidagi vaziyatni sinchiklab o‘rganib kelayotgan edi.

Biroq «Bavariya» hozircha Olise bo‘yicha muzokaralarga kirishish niyatida emas. Shu sababli «Real» nemis klubi bilan munosabatlarni buzmaslik va ular ortidan yashirin harakat qilmaslikka qaror qildi.

Madridliklar endi transfer bozoridagi boshqa nomzodlarga e’tibor qaratmoqda. Eslatib o‘tamiz, Maykl Olise 2024 yilda «Kristal Pэlas» tarkibidan «Bavariya»ga o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!