FAKT! "Buxoro" Superligadagi so‘nggi 6 o‘yinda atigi 2 gol urgan
Bugun Superliga 9-tur o‘yinlari start oladi. Yuzaga kelgan kichik tanaffusdan so‘ng "Buxoro" o‘z maydonida "Metallurg"ni qabul qiladi. Uchrashuv 19:00 da start oladi.
Ahamiyatlisi, buxoroliklar chempionat doirasidagi so‘nggi 6 o‘yinda 3 ochko olishni eplay olmagan. Klub faqat "Neftchi" darvozasiga ikki gol urishni uddaladi. Undan oldin o‘tkazilgan 5 bahsda jamoa gol ura olmay kelayotgandi.
Ma’lumot o‘rnida, "Buxoro" ayni payt Superliga turnir jadvalida 4 ochko bilan 13-o‘rinni band etib turibdi.

Fikrlar