Fakt: "Metallurg" "Neftchi"ga qarshi Bekoboddagi oxirgi uchta o‘yindan beri faqat bir xil natija qayd etyapti

  • 24.10.2022 06:53
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bekobodning "Metallurg" klubi chempionatning navbatdagi turida o‘z uyida "Neftchi"ni qabul qiladi. Uchrashuv ikkala jamoa uchun ham muhim. "Metallurg" matbuot xizmati o‘yin oldidan prevyuni taqdim etdi..

“Metallurg” kuchlilar ligasida "Neftchi" bilan 43 bora to‘qnash kelgan. O‘zaro uchrashuvlarning 24 tasida farg‘onaliklar, 10 tasida bekobodliklar g‘alaba qozonishgan. 9 ta o‘yin esa durang natija bilan yakunlangan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar nisbati vodiy jamoasi foydasiga – 75:40. O‘zaro o‘yinlarda “Neftchi” 81, “Metallurg” esa 39 ochko jamg‘argan.

Bekobodda o‘tkazilgan bahslarda mezbonlar 8 ta o‘yinda zafar quchgan, 7 ta o‘yinda durang qayd etilgan. 6 uchrashuvda esa mehmonlarning qo‘li baland kelgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi 24:23, bekobodliklar foydasiga.

Bekobodda o‘tgan so‘nggi beshta uchrashuv:

28.07.2018 «Metallurg» - «Neftchi» 1:0
25.11.2017 «Metallurg» - «Neftchi» 1:0
22.11.2016 «Metallurg» - «Neftchi» 1:0
11.04.2015 «Metallurg» - «Neftchi» 0:1
03.05.2014 «Metallurg» - «Neftchi» 2:1

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!