FAKT! "Navbahor" AGMKga qarshi 24 o‘yinning 7 tasida g‘alaba qozongan xolos

  • 24 avgust, 2020, 11:07
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca Cola Superliga 12-turi doirasida "Navbahor" Olmaliqning AGMK klubiga qarshi maydonga tushadi. Namanganliklar matbuot xizmati o‘inga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.

Tecno

Mazkur raqiblar shu kunga qadar milliy chempionatlarimizda 24 marta kuch sinashgan. O‘zaro o‘yinlarda olmaliqliklar 11 marta, namanganliklar esa 7 marta zafar quchgan. Oltita uchrashuvda kuchlar teng kelgan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich 34:32, AGMK foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda olmaliqliklar 39 ochkoni, “lochinlar” esa 27 ochkoni qo‘lga kiritishgan.

Jamoalarning o‘zaro uchrashuvlari tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Superliga (oliy liga)dagi qarama-qarshilikka 2008 yilda asos solingan. O‘sha yili Namanganda o‘tkazilgan dastlabki uchrashuvda namanganliklar 2:0 hisobida zafar quchgandi. Olmaliqdagi javob o‘yinida esa jamoalar durangga imzo chekkandi – 1:1.

Bo‘lajak bahsda AGMK nominal mezbon bo‘lganligi bois, mazkur jamoalarning Olmaliqda o‘tkazilgan bahslariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 12ta bahsning ettitasida mezbonlar g‘alaba nashidasini surgan bo‘lsa, "lochinlar" 3 marta zafar quchgan. Ikkita uchrashuvda esa tomonlar murosa ko‘chasini tanlagan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich 20:16, AGMK foydasiga.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!