Fakt: "Neftchi" "So‘g‘diyona"ni 28 marta mag‘lub etgan, Jizzaxliklar esa...

  • 22 may, 2018, 12:28
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pepsi Superliga  13-tur doirasida “So‘g‘diyona” Farg‘onada  “Neftchi” jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Jizzax klubi matbuot xizmati esa ushbu o‘yin prevyusini taqdim etdi.

Tecno

UShBU MAVSUMDA

Superliga  2-turida “So‘g‘diyona”  o‘z maydonida “Neftchi”ni qabul qilgan edi. Jizzaxdagi “shamol jangida” hisob ochilmagan edi.

O‘YINI  RAVShAN ERMATOV  BOShQARADI 

“Neftchi” (Farg‘ona)- “So‘g‘diyona” (Jizzax)

Hakamlar: O‘yinni FIFA referisi Ravshan Ermatov  boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda A.Rasulov,J.Saidovlar yordam berib borishadi. Zahiradagi hakam R.Lutfullin.

Nazoratchi: A.Artyunov

Komissar: M.Saidqosimov
O‘ZARO USTUNLIK

“Neftchi” hamda “So‘g‘diyona”  klublari oliy ligada shu kungacha 45 bor kuch sinashishgan.“Neftchi” hisobida 28 ta, “So‘g‘diyona” hisobida 7 ta g‘alaba mavjud. 10 o‘yinda  durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbatida ustunlik farg‘onaliklar tomonida -  92:34. “Neftchi” o‘zaro o‘yinlarda 94 ochkoni qo‘lga kiritgan bo‘lsa ,jizzaxliklar 31 ochkoni qo‘lga qiritgan.

 “Neftchi” maydonida o‘tgan oxirgi besh uchrashuv: 

22.09.2017 «Neftchi» – «So‘g‘diyona» 1:1
16.04.2016 «Neftchi» – «So‘g‘diyona» 0:1
25.04.2015 «Neftchi» – «So‘g‘diyona» 4:1
02.10.2014 «Neftchi» – «So‘g‘diyona» 1:1
18.10.2013 «Neftchi» – «So‘g‘diyona» 0:2

O‘ZARO O‘YINLAR HAQIDAGI FAKT:

Farg‘onadagi 22 ta o‘yindan 16 tasida “Neftchi”, 3 tasida “So‘g‘diyona”  g‘alaba qozongan.  3 ta o‘yinda durang natija qayd etilgan.

O‘YIN VAQTI VA JOYI

Yoshlar ligasi 24 may kuni  soat 16:30 da Kirgilida bo‘lib o‘tadi. Asosiy tarkib bahsi  25 may  kuni soat 18:49 da “Istiqlol” stadionida o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!