
Fakt! Osiyo kubogida o‘z darvozasidan gol o‘tkazmagan jamoa qolmadi
Ayni vaqtda Osiyo kubogi chorak final o‘yini doirasida Janubiy Koreya va Xitoy terma jamoalari kurash olib bormoqda. Hozircha o‘yinda koreyaliklar 3:1 hisobida raqibdan ustun kelyapti.
Qizig‘i, ushbu bellashuvga qadar koreyaliklar musobaqada o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yubormagan yagona jamoa bo‘lib turgandi. Mutallib Iminqorining goli bu natija buzilishiga sababchi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, kecha O‘zbekiston ham turnirdagi ilk golni qabul qilib olgandi. Vakillarimiz guruh bosqichida 3 bor gol urib, biror marta raqiblarining gol urishiga imkon berishmagandi.
Fikrlar