FAKT! "Paxtakor" yangi mavsumda hali "quruq o‘yin" o‘tkazgani yo‘q

  • 15 aprel, 2023, 19:31
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni paytda Superliga 6-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "So‘g‘diyona" uchrashuvining ikkinchi bo‘limi boshlandi. Hozircha maydon egalari jizzaxliklarni 2:0 hisobida mag‘lub etmoqda.

Tecno

Ahamiyatlisi, bu mavsum "sherlar" hali "quruq o‘yin" o‘tkazishga muvaffaq bo‘lmagan. Klub har o‘yinda o‘z darvozasidan gol o‘tkazib kelyapti.

Ma’lumot o‘rnida, "So‘g‘diyona" bilan bahsning 6-daqiqasida Doston Tursunov o‘ta qo‘pol harakati uchun maydondan chetlatildi. Mazkur uchrashuvda Shatskix shogirdlari bu noxush an’anaga chek qo‘yish imkoniga ega.

"Paxtakor" 3:1 "Qizilqum".
"Metallurg" 1:3 "Paxtakor".
"Paxtakor" 2:1 "Navbahor".
"Neftchi" 2:1 "Paxtakor".
"Paxtakor" 2:3 "Olimpik".

 

Shohrux Zoirov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!