Farg‘onada belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bellashuvlari o‘tkazildi

  • 11 dekabr, 2023, 14:18
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy yilning 8-10 dekabr kunlari Farg‘ona olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida belbog‘li kurash bo‘yicha U-20 o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Tecno

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasining yillik taqvim-rejasidan o‘rin olgan ushbu musobaqada mamlakatamizning barcha hududlaridan 200 nafardan ortiq yosh polvonlar g‘oliblik uchun gilamga chiqishdi. 
Musobaqaning birinchi kunida dastlab tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Mazkur ochilish marosimda Farg‘ona viloyati Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i Nodirbek Hakimov hamda O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi bosh kotibi Abdixalil Malikovlar ishtirok etib, sportchilarga omad tilashdi.
Musobaqa reglamentiga muvofiq, o‘g‘il bolalar belbog‘li kurashning belbog‘li kurash va erkin yo‘nalishida 11 ta vazn toifasida, qizlar esa belbog‘li kurashning erkin yo‘nalishida 7 ta vazn toifasida kuch sinashishdi. 
Murosasiz o‘tgan ikki kunlik bellashuvlarning yakuniy natijalariga muvofiq, quydagi polvonlar o‘z vazn toifalarida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
O‘g‘il bolalar (belbog‘li kurash yo‘nalish)
46 kg. Samandar Burhonov (Jizzax), 50 kg. Qosimjon Xudoyberdiev (Sirdaryo), 55 kg. Umarali Akbaraliev (Toshkent v.), 60 kg. Abdumalik Dilshodbekov (Andijon), 65 kg. Kamonmirzo Usmonaliev (Namangan), 71 kg. Muhammadyahyo Muhammadnosirov (Farg‘ona),
77 kg. Sardor Abdumuxtorov (Farg‘ona), 83 kg. Diyor Tursunboev (Namangan), 90 kg. Asadbek Saidakbarov (Toshkent sh.), 100 kg. Rizo Rahmonov (Toshkent v.), +100 kg. Ilyosbek Mirzahmatov (Toshkent v.).
Qizlar (erkin yo‘nalish)
44 kg. Moldir Alimbaeva (QQR), 48 kg. O‘g‘iloy Turg‘unpo‘latova (Namangan), 52 kg. Kamola Orifjonova (Sirdaryo), 57 kg. Julduz Karazova (QQR), 63 kg. Sevinch Shahobiddinova (Toshkent v.), 70 kg. Sevara Sajenova (QQR) , +70 kg. Durdona Nabijonova (Namangan).
O‘g‘il bolalar (erkin yo‘nalish)
46 kg. Jamoliddin Rahmonaliev (Andijon), 50 kg. Shahriyor Muqimov (Farg‘ona), 55 kg. Hayot Kamoliddinov (Farg‘ona), 60 kg. Sohibjon Boymatov (Toshkent sh.), 65 kg. Asadbek Ergashaliev (Toshkent sh.), 71 kg. Kamoliddin Qurbonaliev (Andijon), 77 kg. Arslonboy Matkarimov (Farg‘ona), 83 kg. Ulug‘bek Ruhiddinov (Namangan), 90 kg. Muhammadqodir Rizaev (Farg‘ona), 100 kg. Baxtiyor Sangirov (Sirdaryo), +100 kg. Boburbek Madaminov (Farg‘ona).
G‘olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlanishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!