Farg‘onada darvozabonlar nega ko‘payib ketdi? Nazarov ketadimi?

  • 2 yanvar, 2024, 09:28
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Farg‘onada darvozabonlar nega ko‘payib ketdi? SPORTS.uz jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev bu borada o‘zining o‘z telegram kanalida ma’lum qildi.

"Neftchi"da darvozabonlar masalasi ochilgach, vaziyatga (kichik surishtiruv o‘tkazib) oydinlik kiritib ketaman.

Vladimir Nazarov 29 noyabr kuni "Neftchi"da qolishini aytib, murabbiylarni ishontirgan. 1 dekabr kuni "Navbahor" bilan o‘yindan so‘ng Toshkentga (uyga) ketib, ortga qaytmasligini, u bilan "Paxtakor" qiziqib qolganini ma’lum qilgan.

Darvoza chizig‘ini kamida 2-3 mavsum qo‘riqlashi taxmin qilingan asosiy posbon kutilmaganda boshqa jamoaga o‘tishini ma’lum qilgach, "Neftchi" tezda saviyali kiperlar bilan muzokaralarga kirishgan. Kutilmagan voqea "yo‘lbarslar" rejalarini( "Neftchi" (1)Nazarov (2)To‘raev bilan kelasi mavsumni o‘tkazmoqchi edi.) o‘zgartirib yuborgan. Natijada jamoa tavakkal qilmay ikkita yaxshi darajadagi darvozabon bilan kontrakt imzolagan.

Eng qizig‘i shundaki, Nazarovni jamoaga chaqirgan Denis Ivankov u kelguniga qadar jamoadan ketdi va ayni damda Evropada. Nazarov esa, ancha chigal vaziyatga tushib qoldi. "Paxtakor" Farg‘onaga ketgan Quvvatovni o‘rnini aynan u bilan to‘ldirishi  mumkin, ammo hozircha   "sherlar" Nazarovga kontrakt taklif etmadi.

Vladimir bilan "Lokomotiv" ham kontrakt imzolash istagida. "Neftchi" esa, Nazarovning va’dasiga ishongani uchun shoshilinch qarorlar qabul qilishga majbur bo‘ldi. Qisqasi, shunaqa gaplar", - deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Avazbekrm
02/01/2024 12:44
Буни ойнашка ишаниб ерсиз колиш дейдилар Айб озидаекан
Левченко айтдику хохши болмаган ойинчи керакбасдеб