
Faxriy futbolchilar Germaniya terma jamoasiga yordam berishga tayyor
"Bavariya" hujumchisi Tomas Myuller milliy terma jamoaga qaytishga tayyorligi haqida aytib o‘tdi.
"Ispaniyaga qarshi bo‘lib o‘tgan alamli o‘yinni qabul qilish oson bo‘lmadi. Yigitlardan va jamoa muxlislaridan xavotirdaman. Hech birimiz (Boateng va Xummels) terma jamoadagi faoliyatimizni yakunlamadik," - deydi Myuller.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yil mart oyida Tomas Myuller, Mats Xummels va Jerom Boatenglar Germaniya terma jamoasidan chetlatilgan edi.
Ma’lumot o‘rnida Myuller milliy jamoa safida 100 ta, Xummels 70 ta va Boateng 76 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Fikrlar