Fayzullaev bir pog‘ona ko‘tarildi

  • 22 may, 2024, 18:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiyaning “Sport Ekpress” nashri 30 yildan ortiq vaqt mobaynida futbol bo‘yicha mamlakat chempionatining har bir turida futbolchilar harakatini baholab, ramziy terma jamoa tuzib chiqadi.

Tecno

29-tur yakunlari bo‘yicha tuzilgan reytingda TsSKAdagi hamyurtimiz Abbosbek Fayzullaev ramziy terma jamoadan o‘rin oldi va umumiy reytingda bir pog‘ona ko‘tarildi.

Fayzullaev mazkur turda ramziy terma jamoaga eng ko‘p – etti marotaba kiritilgan futbolchiga aylandi. TsSKA ushbu turda “Nijniy Novgorod” maydonidan 6:2 hisobidagi g‘alaba bilan qaytgan edi. 20 yoshli legionerimizning bu bahsdagi harakatlari ekspertlar tomonidan 7,5 ballga loyiq ko‘rildi.

Ramziy terma jamoa quyidagicha ko‘rinish oldi:

Shuningdek, umumiy reytingda jiddiy o‘zgarishlar bo‘ldi. Bu turda beshta gol urgan “Zenit” hujumchisi Mateo Kesserraning o‘yini juda yuqori – 9,5 ballga loyiq ko‘rildi. Buning samarasida legioner futbolchi reytingda beshinchi o‘rindan birinchi pog‘onaga ko‘tarildi.

Umumiy reytingda kuchli o‘nlikka kirgan futbolchilar bilan tanishing.

1. Mateo Kasserra (“Zenit”) — 6,39 ( chempionat davomidagi o‘rtacha ball)

Kolumbiyalik forvard besh o‘yindan iborat golsiz seriyasiga beshta gol bilan yakun yasadi.

2. Maksim Glushenkov (“Lokomotiv”) — 6,36

“Fakel”ga qarshi bahsda eng ko‘p xavfli vaziyat yaratib berdi.

3. Konstantin Tyukavin (“Dinamo”) — 6,33

“Krilya Sovetov” bilan bahsda himoyachilar e’tiborini o‘ziga tortib turdi.

4. Eduard Spertsyan (“Krasnodar”) — 6,32

“Sochi” darvozasiga eng ko‘p zarba bergan, jamoadoshlariga eng ko‘p o‘tkir pas uzatgan futbolchi bo‘ldi.

5. Vendel (“Zenit”) — 6,27

Kasserraning beshta golidan ikkitasiga aynan Vendel assistentlik qildi.

6. Jon Kordoba (“Krasnodar”) — 6,27

“Sochi” bilan bahsda golli pasi bilan g‘alabaga hissa qo‘shdi va jamoasini chempionlik kurashida olib qoldi.

7. Abbosbek Fayzullaev (TsSKA) — 6,25

“Nijniy Novgorod”ga qarshi gollar shousida ikkita assistni amalga oshirdi va maydonda eng faollardan biri bo‘ldi.

8. Duglas Santos (“Zenit”) — 6,21

Grozniydagi bahsda o‘ng qanot himoyachisi vazifasini bajardi va jarohat oldi.

9. Klaudino (“Zenit”) — 6,19

Faol o‘ynadi va bitta assist qayd etdi.

10. Bitello («Dinamo») — 6,16

“Krilya Sovetov” darvozasini ishg‘ol qildi.

Rossiya Premer-ligasining so‘nggi — 30-tur uchrashuvlari 25 may kuni bir paytda —  Toshkent vaqti bilan 18:30 da boshlanadi. 

Shomurodovdan voz kechishdi!

Fayzullaev bo‘lmaganida TsSKA rasvo bo‘lardi! Ekspertlar Abbosga yana qanday baho berdi?

Bunaqasi bo‘lmagan: Fayzullaev bir o‘yinda bir necha rekordda qatnashdi!

Fayzullaevga tanqid qanday ta’sir qildi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!