Fayzullaev nega yaxshi o‘ynolmayapti?

  • 26 aprel, 00:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Serbiyalik bosh murabbiy Marko Nikolich qo‘l ostida TsSKA Rossiya Premer-ligasining joriy mavsumida sovrinli o‘rinlar uchun da’vogarlik qila boshladi.

2025 yil hisobidan “armiyachilar” chempionatning eng barqaror jamoasi bo‘lib turibdi. Chempionatning ikkinchi qismini “Zenit” maydonidagi durang bilan boshlagan TsSKA ketma-ket beshta bahsni o‘z foydasiga hal qildi va so‘nggi uchrashuvda “Krilya Sovetov” bilan durang o‘ynadi.

Qishki tanaffus vaqtida Marko Nikolich jamoa o‘yin sxemasini o‘zgartirdi. Yangi usul jamoaga natija keltirdi. Biroq TsSKAning keyingi ikki mavsumdagi eng yorqin futbolchisi Abbosbek Fayzullaevning o‘yiniga salbiy ta’sir o‘tkazdi.

21 yoshli legionerimiz qanot hujumchisi ampluasidan maydon markaziga o‘tkazildi. Endi Abbos ham hujumkor futbolchi, ham himoyachi vazifasini bajarishiga to‘g‘ri kelmoqda. Aksariyat ekspertlar hali o‘zbek legioneri yangi pozitsiyaga moslasha olmaganini ta’kidlayapti.

TsSKA sobiq murabbiyi Oleg Fomenko jurnalistlar bilan suhbatda Abbosbek Fayzullaevning o‘yinidagi pasayish sabablarini tushuntirib berdi.

Sports.uz portali ushbu intervyuni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.

- Nega Abbosbek Fayzullaev ilgaridek yorqin o‘ynay olmayapti? Yangi o‘yin sxemasi unga to‘g‘ri kelmadimi?

- Bu masalada eng avvalo Abbosning o‘zi bilan gaplashish kerak. Biroq, o‘ylashimcha, hamma narsa ham bu sxemaga bog‘liq emas.

 - Unda gap nimada?

- Beqarorlik yoshlikka xos xususiyat. Bu mavsum davomida  Abbos juda katta yuklama ostida qolib ketdi. O‘zbekiston terma jamoalari safida Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionatlari saralashida qatnashdi.

O‘yinlarga uchish, turli safarlar izsiz ketmaydi, albatta.

Men yangicha usul va joylashuv Fayzullaevga muammo tug‘diradi, deb o‘ylamayman. U juda aqlli yigit va tartib-intizomli ham.

Abbos yuklamalarni hazm qilishi uchun shunchaki biroz vaqt kerak bo‘lyapti. Qolaversa, keyingi paytda hordiq chiqarishi uchun imkon ham bo‘lgani yo‘q. Bu og‘ir.

Uni O‘zbekiston yoshlar va milliy terma jamoalariga chaqirishdi. Milliy terma jamoadagi o‘yinlari tufayli Rossiya Premer-ligasining ayrim turlarini o‘tkazib yubordi.

Olimpiya o‘yinlarida qatnashish esa, juda jiddiy ruhiy ta’sir o‘tkazadi. Hatto, Evropa Chempionlar ligasi uchrashuvlaridan keyin qudratli jamoalar ham milliy chempionatning oddiy bahslarida qiynalib qolishini ham ko‘p ko‘rganmiz. Mana endi ana shu emotsiyalar ketdi.

Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullaev joriy mavsum Rossiya Premer-ligasi va mamlakat kubogi doirasida 32 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini uch bor ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga ettita golli pas uzatdi.

Shomurodov “Inter”ga ziyon keltirgan!

TsSKA Fayzullaevga narx belgiladi! Transfer yaqinmi?

Shomurodov Dovbikni “sindirdi”!

Fayzullaev “yo‘qolib” qoldi!

Shomurodov bir gol bilan “Roma”ning mavsum rekordini o‘rnatdi. Navbat tarixiy rekordga!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!