Fayzullaev va Shomurodov gol urgan bahsda keyin "Bashakshehir" murabbiyi nimalar dedi?

  • 22.12.2025 22:36
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiya Superligasining 17-turida “Istanbul Bashakshehir” o‘z maydonida “Gaziantep” jamoasini 5:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Nuri Shahin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

Tecno

"Avvalo jamoam bilan faxrlanaman. Og‘ir kunlarni boshdan kechirdik, juda ko‘p mehnat qildik. Hisob hech kimni chalg‘itmasin — o‘yin oson bo‘lmadi. Ayniqsa, birinchi bo‘limda “Gaziantep” bizga jiddiy bosim o‘tkazdi. Shunga qaramay, futbolchilarim yaxshi o‘yin namoyish etib, oxirigacha kurashdi. Natijada ajoyib g‘alabaga erishdik. Qisqa muddatli maqsadimizga etdik, biroq chempionatning ikkinchi yarmi hali oldinda. Ikkinchi davrani birinchisidan ham yaxshiroq o‘tkazishni istaymiz", — dedi Shahin.

Ma’lumot uchun, mazkur uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Abbosbek Fayzullaev va Eldor Shomurodov o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!