Fayzullaevning klubi katta ziyon ko‘rdi

  • 1 iyun, 2024, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya futbol ittifoqi rasmiy saytida Premer-liga klublarining 2023 yil yakuni bo‘yicha moliyaviy hisoboti e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, o‘tgan yili eng katta ziyon ko‘rgan klub sifatida Abbosbek Fayzullaev o‘ynayotgan TsSKA klubi ko‘rsatilgan. “Armiyachilar”ning hisobot davridagi ziyoni 1,52 milliard rublni tashkil qildi.

Poytaxtning yana bir klubi – “Spartak” ham 1,27 milliard rubd miqdorida zarar ko‘rdi.

Moliyaviy yo‘qotishlarga uchraganlar qatoridan Ekaterinburgning “Ural” (582 mln), Moskvaning “Lokomotiv” (439 mln), Nijniy Novgorodning “PARI Nijniy Novgorod” (323 mln) va Qozonning “Rubin” (287 mln) klubi qayd etilgan.

“Krasnodar” jamoasi 2023 yilni rekord darajada – 11,96 milliard rubl miqdoridagi foyda bilan yakunlagani keltirilgan.

Ko‘pyillik chempion “Zenit”ning daromadi 2 milliard rublni tashkil qildi. Hatto bu yil Premer-ligani tark etgan “Sochi” ham 1,27 milliard rubl miqdorida daromad ko‘rgan.

Rossiya Premer-ligasida ishtirok etib, 2023 yil yakunlari bo‘yicha daromad ko‘rgan boshqa klublar ro‘yxati quyidagicha:

“Rostov” — 473 mln,

“Dinamo” (Moskva) — 635 mln,

“Axmat” (Grozniy) — 321 mln,

“Krilya Sovetov” (Samara) — 284 mln,

“Fakel” (Voronej) — 194 mln,

“Baltika” (Kaliningrad) — 111 mln,

“Orenburg” — 22 mln.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!