Fayzullaevning TsSKA shtabiga qachon qaytishi ma’lum bo‘ldi

  • 31 iyul, 2024, 17:38
  • Jahongir Inomjonov
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

TsSKA kommunikatsiyalar direktori Kirill Breydo "armiyachilar" yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaev 1 avgust kuni Parijdagi Olimpiadadan Moskva klubiga qaytishini aytdi.

- Abbos ertaga Moskvada bo‘ladi, - deb Breydo so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda "RIA Novosti Sport" nashri.

Rossiya Premer-ligasining 2023/2024 yilgi mavsumida 20 yoshli Abbosbek Fayzullaev 22 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, u Rossiya kubogida 10 o‘yin, bitta gol va ikkita golli uzatmaga ega. Yosh futbolchining TsSKA bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan va uni yana 12 oyga uzaytirish imkoniyati mavjud. Nufuzli Transfermarkt internet portali o‘zbekistonlik yarim himoyachining narxini 6 million evroga baholagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шухрат Хусаинов
31/07/2024 17:53
Москваликлар нима дейишетибди