Fazliddin Erkinboev Saidjamshid Jafarov ustidan g‘alaba qozondi!
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida erkaklar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqaning chorak finalida 11 nafar bokschimizning janglari o‘rin olgandi.
-75 kg vaznda hamyurtimiz Fazliddin Erkinboev va Ozarbayjon nomidan ishtirok etayotgan Saidjamshid Jafarov o‘rtasidagi bahs nihoyasiga etdi.
Erkinboev to‘liq 3 raund davomida raqibni bir bor nokduan holatiga tushirdi va yakunda ochkolar evaziga g‘oliblikni qo‘lga kiritdi - 5:0.
Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir sportchimiz Akmaljon Isroilov va Sharabutdin Ataev (Rossiya) to‘qnashuvi kutib turibdi.

Fikrlar