Fazliddin G‘oibnazarovning printsipial raqibi faoliyatini yakunladi va siyosat olamiga qadam qo‘ydi

  • 12 aprel, 2020, 21:17
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Rossiyalik bokschi Vitaliy Dunaytsev sportdagi faoliyatini yakunlaganini va siyosatga e’tibor qaratish to‘g‘risida qaror qabul qilganini ma’lum qildi.

Tecno

"Barchasi yakunlandi. Men Belgorod viloyati boks federatsiyasining rahbariman va deputatlar kengashi a’zosiman. Shuningdek, "Yagona Rossiya" ning yosh gvardiyasi mintaqaviy bo‘limini boshqaraman. Asosiy e’tiborimni ushbu faoliyatimga qaratmoqchiman. Shuning uchun, sportga qaytmayman", - dedi Dunaytsev.

Vitaliy 2016 yilda Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlarida 64 kg vazn toifasida bronza medaliga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, u 2015 yilda Jahon va Evropa chempionatida g‘olib bo‘lgandi.

Ma’lumot uchun, hamyurtimiz Rio Olimpiadasi chempioni Fazliddin G‘oibnazarov 2015 yilgi jahon chempionati finalida ushbu bokschiga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, 2016 yil Rio Olimpiadasi yarim finalida undan ustun kelgan edi.

Manba: TASS

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!