
Fazliddin G‘oibnazarovning raqibi ma’lum yoxud u Evropa qit’asi vakili bilan jang qiladi
Xabaringiz bor, Rio Olimpiadasi chempioni, professional boksning super engil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqadigan Fazliddin G‘oibnazarov (8-1, 5 KO)ning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘lgan edi.
Bokschimizning murabbiyi Abror Tursunpo‘latovning saytimizga ma’lum qilishicha, G‘oibnazarov o‘zining 10-jangini 28 mart kuni Qozog‘istonning Almati shahrida bo‘lib o‘tadigan boks oqshomida o‘tkazadi. Raqibga ham oydinlik kiritilgan. Yurtdoshimiz bu gal irlandiyalik anchagina kuchli bo‘lgan Darrag Foli (18-4-1-9 KO) ga qarshi ringga ko‘tariladi. Mazkur boks oqshomining asosiy tashabbuskori "Top Rank" promouterlik kompaniyasi bo‘lgani sababli, yurtdoshimiz ishtirokidagi jang ESPN dasturidan o‘rin oladi.
Eslatib o‘tamiz, G‘oyibnazarov Bob Arumga tegishli bo‘lgan,"Top Rank" promouterlik kompaniyasi bilan shartnomaga ega.
Fikrlar