Fazliddin G‘oyibnazarov raqibini birinchi raundning o‘zidayoq nokautga uchratdi

  • 16.12.2019 19:48
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rio Olimpiadasi chempioni, professional boksda super engil (-63,5 kg) vazn toifasida faoliyat olib borayotgan Fazliddin G‘oibnazarov (8-7-1-0) Qozog‘istonning Almati shahrida tashkil etilayotgan professional boks oqshomida ringga ko‘tarildi. Bir necha bor o‘zgarishlardan so‘ng, hamyurtimiz ukrainalik Vladislav Baranov (13-6--5-2) ga qarshi 9-jangini o‘tkazdi.

Mazkur 8 raundlik qarama-qarshilikning birinchi raundining dastlabki soniyalaridayoq Fazliddin raqibining jigar qismiga kuchli zarba berdi. Mazkur zarbadan so‘ng, ukrainalik bokschi qayta o‘nglanmadi. Shunday qilib, u navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!