
Fazliddin G‘oyibnazarovning raqibi aniq bo‘ldi
Professional boksning super engil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqadigan Fazliddin G‘oibnazarovning (7-1, 4 KO) Qozog‘istonda 16 dekabr kuni navbatdagi jangini o‘tkazishi haqida xabar berib o‘tgan edik. Lekin raqibi aniq emas edi.
Bu borada bokschimizning murabbiyi Abror Tursunpo‘latov oydinlik kiritdi. Yurtdoshimizga ushbu jangda argentinalik Mauro Maksimiliano Godoy raqiblik qiladi. Mazkur charmqo‘lqop ustasi juda tajribali bo‘lib, u profi ringda 38 marotaba jang o‘tkazgan. Ularning 32 tasida g‘alaba qozonib, 5 marotaba mag‘lubiyat va bir bor durang qayd eta olgan. G‘alabalarining 17 tasini nokaut evaziga qo‘lga kiritadi.
Eslatib o‘tamiz: G‘oibnazarov o‘zining 9-jangini 16 dekabr kuni Qozog‘istonning Almati shahrida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar