Fekir "Liverpul"da tibbiy ko‘rikdan o‘tadi

  • 04.06.2018 10:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Lion" klubi yarim himoyachisi Nabil Fekir faoliyatini "Liverpul"da davom ettirishga juda yaqin turibdi.

Canal+ telekanali tarqatgan xabarga ko‘ra 24 yoshli futbolchi mersisaydliklar bilan deyarli barcha masalada kelishuvga erishgan. Endi u faqatgina tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tsa bas. Shundan so‘ng tomonlar o‘zaro shartnoma imzolashadi. “Liverpul” esa o‘z navbatida frantsuz klubiga Fekir uchun 70 mln evro to‘laydi.

Ma’lumot uchun, Fekir yakunlangan mavsum “Lion” safida jami 40ta uchrashuvda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 23ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!