Felishning dahshatli narxi APL grandlarini qo‘rqitib yubordi

  • 3 yanvar, 2023, 09:02
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya terma jamoasi vakili Joau Felish "Atletiko"da qolishi mumkin.

"Relevo" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, futbolchini sotib olmoqchi bo‘lgan xaridorlarning birortasi uning uchun so‘ralgan mablag‘ni to‘lashga tayyor emas. Madridliklar o‘z hujumchisi uchun 130-140 million talab qilmoqda.

Felish va bosh murabbiy Diego Simeone o‘rtasidagi munosabatlar u qadar yaxshi emasligiga qaramay, u Ispaniya poytaxtida qolishga majbur bo‘lishi mumkin. Ijara varianti ham Joauni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni niyat qilgan nomzodga ancha qimmatga tushadi.

23 yoshli vingerga "Chelsi", "Arsenal" hamda "Manchester Yunayted"dan qiziqish bor. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!