
"Fenerbahche" "Manchester Yunayted"dan hujumchi olib kelmoqchi
"Fenerbahche" yangi mavsumda chempionlik poygasida "Galatasaray"ga jiddiy qarshilik ko‘rsatish uchun tarkibini kuchaytirmoqchi. Transfer News Live xabariga ko‘ra, Istanbul klubi taniqli futbolchi, vinger Jeydon Sancho bo‘yicha so‘rov yuborgan.
2024/2025-yilgi mavsumda Sancho ijara asosida "Chelsi" safida to‘p surdi. Mavsum yakunlangach, u "Manchester Yunayted"ga qaytdi, biroq Ruben Amorim futbolchini rejalariga kiritmayotgani aytilmoqda. Mish-mishlarga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis klubdan Sanchoni sotishni so‘ragan.
Nufuzli Transfermarkt portali 25 yoshli Sanchoning bozor qiymatini 28 million evroga baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Fenerbahche" klubining bosh murabbiyi Joze Mourino hisoblanadi.
Fikrlar