«Fenerbaxchе»ga Grinvud transfеri uchun MYUga pul toʻlaydi

  • 15.07.2026 14:22
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Fenerbaxche» rasmаn «Marsel» hujumchisi Meyson Grinvudni o‘z safiga qo‘shib oldi. Turkiya klubi 24 yoshli angliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolanganini seshanba kuni e’lon qildi.

Transfer qiymati taxminan 39 million yevroga baholanmoqda. Insayder Fabrizio Romano ma’lumotiga ko‘ra, ushbu summadan 12,4 million yevro Grinvudning tarbiyasiga katta hissa qo‘shgan «Manchester Yunayted»ga tegishli. «Qizil iblislar» 2024 yili futbolchini «Marsel»ga sotar ekan, kelishuvga keyingi qayta sotuvdan salmoqli ulush olish imkonini beruvchi maxsus band kiritgan edi.

Meyson Grinvud o‘tgan mavsumda «Marsel» tarkibida 45 o‘yinda maydonga tushib, 26 ta gol urdi va 11 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!