
"Fenerbaxche "Milan" futbolchisini ijaraga oldi
"Milan"ning chap qanot himoyachisi Rikardo Rodriges "Fenerbaxche"ga ijara asosida yo‘l oldi. Bu haqida De Marke Sports tvitter sahifasi xabar bermoqda.
Kelishuvga binoan turk klubi futbolchini mavsum so‘nggida besh million evroga sotib olishi kerak bo‘ladi.
Joriy mavsumda 27 yoshli himoyachi Milan klubida barcha turnirlarda beshta o‘yinda maydonga tushgan.
"Fenerbaxche" esa Turkiya chempionatining 17-turidan so‘ng to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar