
"Fenerbaxche" Mourinoning o‘rniga Germaniyadan murabbiy olib keladi
Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi iste’foga chiqarilgan bosh murabbiy Joze Mourinoning o‘rniga munosib nomzodni tanlagani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda "343 Digital" nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, "Fenerbaxche"ga taklif etilishi mumkin bo‘lgan asosiy nomzod "Shtutgart"ning hozirgi bosh murabbiyi Sebastyan Xyoness hisoblanmoqda. Xyoness 2023 yildan beri "Shtutgart"da faoliyat yuritib kelmoqda.
Biroq, uning mazkur taklifga rozi bo‘lishi hozircha noma’lum. Boshqa nomzodlar qatorida klubda avval ishlagan Ismoil Kartal, "Benfika"ni boshqargan Rojer Shmidt va "Borussiya Dortmund"ning klubini yaqinda tark etgan Edin Terzich ham tilga olingan.
Eslatib o‘tamiz, Mourino boshchiligida Turkiya klubi "Benfika"ga mag‘lub bo‘lib, Chempionlar ligasi asosiy bosqichiga chiqolmagandan so‘ng jamoani tark etgan edi.
Fikrlar