"Fenerbaxche" yana bir yulduz futbolchini qo‘lga kiritmoqchi
PSJ markaziy himoyachisi Tiago Silva faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Fotomac nashriga ko‘ra, "Fenerbaxche" klubi yozda erkin agent maqomini oladigan braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashga urinib ko‘rmoqchi.
Joriy mavsum yakunlariga ko‘ra, Silva PSJ libosida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, bir marotaba raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan.



Fikrlar