Fenki de Yongning qachon qaytishi ma'lum!

  • 06.09.2026 18:13
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kataloniyaning “Barselona” jamoasi murabbiylar shtabi yarim himoyachi Frenki de Yongning to‘liq mashg‘ulotlarga qaytishiga xalqaro o‘yinlar uchun tanaffus tugagan zahoti, taxminan 8 oktabrdan umid qilmoqda. Bu haqida Ispaniyaning nufuzli nashri Mundo Deportivo xabar berdi.

Manbalariga ko‘ra, 29 yoshli Niderlandiya terma jamoasi a’zosi shu muddatga qadar reabilitatsiya kursini to‘liq yakunlashi kerak. Hozircha eng muhim omil — jarohat asoratsiz, qaytadan avj olmasdan bitishi. De Yong jarrohlik amaliyotidan ataylab voz kechgan va klub taqvimidagi ikki haftalik tanaffusdan maksimal darajada foydalanib, tanlagan konservativ davolash usulini oxirigacha yetkazishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, Frenki de Yong “ko‘k-anorranglilar” tarkibida jarohat olganidan so‘ng klub shifoxonasiga tushgan edi. U Niderlandiya milliy jamoasi safida joriy yilda o‘tkazilgan 2026 yildagi jahon chempionatida maydonga tushganida o‘ng tizzasidagi medial kollateral bog‘lamning jiddiy uzilishiga duchor bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!