
Fergyuson Ronalduning "JCh-2026"da ishtiroki haqida gapirdi
"Manchester Yunayted" klubining afsonaviy murabbiyi Ser Aleks Fergyuson shogirdi Krishtianu Ronalduning Jahon chempionati-2026 da ishtirok etish-etmasligi haqida gapirdi.
"Men hattoki buni tasavvur ham qila olmayman. Kelgusi yillarda futbol yanada tezlashadi va katta sportga aylanadi. Qolaversa, markaziy hujumchilar uchun joy tobora cheklangan bo‘ladi. Himoyachilardan farqli o‘laroq, hujumchilar yoshi ulg‘aygan sari yuqori saviyada o‘ynashi qiyinroq bo‘ladi", - dedi Fergyuson.
Shuningdek, murabbiy portugaliyalikning hech bir narsani isbotlashi shart emasligini aytdi.
"Faoliyat biror bir sovringa qarab o‘lchanmaydi. U futbol olamida o‘zgacha martabaga ega", - deya qo‘shimcha qildi Aleks Fergyuson.
Oldinroq, Ronaldu joriy Evro musobaqasi u uchun eng so‘nggisi ekanini aytgandi.
Fikrlar