Fermin Lopes: "Biz hech kimga qaramaymiz, faqat o‘z o‘yinimizni yaxshilashga harakat qilamiz"
"Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopes jamoasini La Liga musobaqasining asosiy favoriti deb hisoblaydimi degan savolga javob berdi.
"Menga asosiy favorit degan barcha bahslar yoqmaydi. Men boshqa jamoalar bilan solishtirishni yoqtirmayman. Biz hech kimga qaramaymiz – faqat o‘yinimizni eng yaxshi darajada ko‘rsatishga harakat qilamiz. Albatta, "Real" – biz uchun asosiy raqib, lekin natijalar albatta keladi, agar biz o‘z darajamizda qolsak va hammasini to‘g‘ri qilishni davom ettirsak", – dedi Fermin Lopes.
Ma’lumot o‘rnida, kataloniyaliklar 18-turdan so‘ng 46 ochko to‘plab turnir jadvalida etakchi bo‘lib turibdi va Madridning "Real" jamoasidan to‘rt ochko ustunlikka ega.
Eslatib o‘tamiz, "Barselona" navbatdagi uchrashuvini 3 yanvar kuni "Espanol"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar