Fermin Lopes «Chelsi» haqida mиш-mишlarga munosabat berdi
«Barselona» yarim himoyachisi Fermin Lopez 2025 yilda amalga oshmay qolgan «Chelsi»ga ehtimoliy transferi haqida fikr bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, boshqa jamoalarning qiziqishi yoqimli, ammo u qarorini aniq aytgan.
«Albatta, boshqa klublar sizni o‘yinga chorlayotgani, qiziqish bildirishi yoqimli. Lekin men doim bir narsani ta’kidlab kelganman: men «Barselona»da qolib, shu yerda o‘ynashni istayman», — deya Fermin Lopezning so‘zlarini keltiradi diariARA.
Fermin Lopez «Barselona» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O‘tgan mavsumda 23 yoshli ispaniyalik barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 17 ta golli pas berdi.
Ispaniya chempioni bilan yarim himoyachining amaldagi shartnomasi 2031 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 100 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar