
Fermin Lopes "Chelsi" qiziqishiga qaramay "Barselona"da qolishni istamoqda
"Diario Sport" nashrining xabariga ko‘ra, "Chelsi" 22 yoshli yarim himoyachi uchun 58 million evro taklif qilgan. Fermin esa o‘z atrofiga "Barselona"da qolib, jamoaning muhim o‘yinchisiga aylanish niyati borligini aytgan. Shu bilan birga, u taklifni ko‘rmasdan rad etishni "mas’uliyatsizlik" deb hisoblamoqda.
Londonliklar futbolchining yaqinlariga uni transfer qilish uchun barcha choralarni ko‘rishini, shu jumladan shaxsiy shartnomani ancha yaxshilashga tayyor ekanini bildirgan.
"Barselona" bosh murabbiyi Lopesga ishonchi borligini aytdi. Biroq, klub xavbek qolishni xohlamasa, uni to‘xtatmaydi va o‘rniga o‘rinbosar qidirmaydi.
Fikrlar