Fermin Lopes "Chelsi"ning qiziqishi va kelajagi haqidagi savolga to‘liq javob berdi

  • 3 sentabr, 03:05
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopes klubni tark etish niyati bo‘lmaganini ma’lum qildi.

Tecno

Avvalroq "Chelsi" futbolchini transfer qilish uchun 40 million evro taklif etgani haqida xabarlar tarqalgandi, ammo londonliklar o‘yinchini olishdan voz kechdi.

"Keling, so‘nggi voqealardan boshlasak. "Chelsi"ning qiziqishi sizga bosim o‘tkazib, "Barsa"dan ketish haqida o‘ylatgani aytildi. Ammo muxlislar xursandchilik bilan siz qolishingizni ko‘rdi. Qaror qabul qilish qiyin bo‘lmadimi?"

"Nima bo‘lganda ham, mening ustuvor maqsadim har doim "Barsa" uchun o‘ynash bo‘lgan. Bu erga 12 yoshimda kelganman va asosiy tarkibga kirish orzusi bilan yashaganman.

Boshqa klublarning qiziqishi albatta yoqimli, lekin ochig‘ini aytsam, men doim "Barsa"da qolib, shu erda muvaffaqiyat qozonishni istaganman".

"Flik omma oldida sizning butun qalbingiz bilan "Barsa"ni sevishingizni aytdi va qolishingizga ishonganini bildirdi. "Barselona" qo‘llab-quvvatlashi sizning qaroringizga qay darajada ta’sir qildi?"

"Bu juda muhim edi, chunki men har doim shu erda bo‘lish, "Barsa"da o‘ynash uchun kurashib kelganman. Maqsadim – shu erda qolish. Futbolda hech narsa aniq emas, sizdan tashqari omillar ham bo‘ladi. Biroq, mening ustuvor maqsadim doimo "Barsa"da qolish bo‘lgan", — dedi Lopes.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!